Ish vaqtini hisobga olish: tabel endi qoʻlda yigʻilmaydi
HR-ONE har xodimning kelish va ketish vaqtidan tayyor ish kunini hisoblaydi: kechikish, erta ketish, tushlik, bayram va taʼtil hisobga olinadi. Oy oxirida tabel va ish haqi hisobi tayyor turadi — ularni Excelʼda qayta yigʻish kerak emas.
Tizim oʻzi hisoblaydigan narsalar
- 01
Kelish va ketish
Kundagi birinchi skan — kelish, oxirgisi — ketish. Tushlikka chiqib-kirganda skan qilish shart emas.
birinchi va oxirgi skan - 02
Kechikish va erta ketish
Har filialning oʻz ish vaqti bor, kechikish va erta ketish shunga solishtiriladi. Vaqt filial joylashgan mintaqa boʻyicha hisoblanadi.
filial jadvali - 03
Tushlik
Filial uchun belgilangan tushlik vaqti ish soatidan avtomatik chegiriladi.
avtomatik chegirma - 04
Bayram va koʻchirilgan kunlar
Ish kalendari bayramlarni va qaror bilan koʻchirilgan dam olish kunlarini biladi: ishlanadigan shanba — ish kuni, bayram — dam olish kuni.
Oʻzbekiston kalendari - 05
Taʼtil va kasallik
Xodim ilova yoki Telegram bot orqali soʻrov yuboradi, rahbar tasdiqlaydi. Taʼtil qoldigʻi oʻzi hisoblanadi; kasallik taʼtildan yechilmaydi.
soʻrovqoldiq - 06
Ish haqi
Ishlangan soat, kechikish va taʼtil asosida oylik hisob tayyorlanadi — har soʻmning ortida sana, vaqt va skan turadi.
oylik hisob
Davomat qanday yoziladi
FaceID terminal
Eshikdagi terminal xodimni yuzidan taniydi va vaqtni qayd etadi.
Mobil ilova
Ofisdan tashqarida ishlaydigan xodim ilovadan selfi bilan belgilaydi. Joylashuv faqat ish vaqtida olinadi.
Tuzatish soʻrovi
Xodim skanni oʻtkazib yuborgan boʻlsa, sababi bilan tuzatish soʻrovini yuboradi, HR yoki rahbar tasdiqlaydi. Tuzatish jurnalga yoziladi va ish kuni qayta hisoblanadi.
Excel tabel va avtomatik hisob
| Mezon | Excel yoki qogʻoz tabel | HR-ONE |
|---|---|---|
| Maʼlumot kiritish | HR har kuni yoki oy oxirida qoʻlda kiritadi | Terminal yoki ilova oʻzi yozadi |
| Kechikish | Qoʻlda sanaladi | Filial jadvaliga solishtiriladi |
| Bayramlar | Har yili jadvalga qoʻlda kiritiladi | Ish kalendaridan olinadi |
| Bahs boʻlganda | Kim yozgani va qachon oʻzgartirgani nomaʼlum | Har tuzatish — kim, qachon, nima sababdan — jurnalda |
| Taʼtil qoldigʻi | Alohida jadvalda yuritiladi | Soʻrovlardan oʻzi hisoblanadi |
Hisobot va eksport
Jonli doskada hozir kim ishda ekani koʻrinadi. Oylik xulosa va tarix panelda turadi, kerak boʻlsa CSV faylga yuklab olinadi.
Xodim oʻz davomatini va ish haqi hisobini mobil ilova yoki Telegram botda koʻradi — «menga nega kechikish yozildi?» degan savolga javobni oʻzi topadi.
Ish vaqti hisobi haqida savollar
Excel tabeldan qanday oʻtiladi?
Bir nechta filial boʻlsa-chi?
Davomat qanday tuzatiladi?
Taʼtil qoldigʻi qanday hisoblanadi?
Bir soatlik demo — oʻz raqamlaringiz bilan
Korxonangizni koʻramiz: nechta terminal kerak, qaysi tarif toʻgʻri keladi va oʻrnatish qancha vaqt oladi. Demo bepul va majburiyatsiz.