FaceID davomat tizimi: xodim yuzini koʻrsatadi, tabel oʻzi yoziladi
HR-ONE eshikka oʻrnatilgan Hikvision yuz tanish terminalini bulutdagi HR tizimiga ulaydi. Xodim karta, parol yoki barmoq izisiz — faqat yuzini koʻrsatib — kelgani va ketganini qayd etadi. Kechikish, erta ketish va ish soatini tizim oʻzi hisoblaydi, oy oxirida tabel tayyor turadi.
Eshikdan tabelgacha — toʻrt qadam
Xodim yuzini koʻrsatadi
Terminal yarim metr masofadan, taxminan bir soniyada taniydi. Jonli yuz tekshiriladi: bosma surat yoki telefon ekrani qabul qilinmaydi. Niqob taqqan xodimni ham taniydi.
Skan serverga oʻzi yetib boradi
Terminal bulutga oʻzi ulanadi — ofisda server, statik IP yoki VPN kerak emas. Internet uzilsa skanlar terminal xotirasida (150 000 yozuvgacha) saqlanadi va aloqa qaytgach oʻzi yuboriladi.
Ish kuni hisoblanadi
Tizim kundagi birinchi va oxirgi skanni oladi, tushlikni chegiradi, kechikish va erta ketishni filialning ish vaqtiga solishtiradi. Bayram va koʻchirilgan ish kunlari ish kalendaridan olinadi.
Tabel va ish haqi tayyor
Oy oxirida tabel yigʻilmaydi — u allaqachon tayyor. Har raqamni ochib, qaysi kuni qaysi soatda skan boʻlganini koʻrsatish mumkin.
Qoʻlda tabel, karta yoki yuz — farqi nimada
| Mezon | Qoʻlda tabel | Karta / brelok | FaceID terminal |
|---|---|---|---|
| Kim qayd etadi | HR yoki rahbar qoʻlda yozadi | Xodim kartani tekkizadi | Terminal yuzni taniydi |
| Boshqa odam oʻrniga belgilash | Tekshirib boʻlmaydi | Kartani hamkasbga berish mumkin | Yuzni berib boʻlmaydi, surat qabul qilinmaydi |
| Yoʻqolgan yoki unutilgan narsa | — | Karta yoʻqoladi, uyda qoladi | Hech narsa olib yurilmaydi |
| Oy oxiridagi bahs | Yozuvga ishonishga toʻgʻri keladi | Skan bor, lekin kim tekkizgani nomaʼlum | Har skan vaqti va terminali bilan; tuzatishlar jurnalda |
Eshikka nima oʻrnatiladi
Ofisda server ham, doim yoniq kompyuter ham kerak emas — faqat terminal, rozetka va internet.
- 01
Yuz tanish terminali
Hikvision DS-K1T343 seriyasi. Yarim metrgacha masofada taniydi — yonidan oʻtib ketgan odam davomat yozmaydi.
0,5 m6 000 xodimniqob bilan - 02
Oʻrnatish
Usta terminalni eshikka oʻrnatadi, tarmoqqa ulaydi va sozlaydi. Sizdan faqat rozetka va Wi-Fi paroli (yoki kabel) kerak.
≈ 2 soatrozetka + internet - 03
Xodimlarni yuklash
Xodimlar suratlari papkadan terminalga ommaviy koʻchiriladi — har kimni navbat bilan suratga olish shart emas.
ommaviy yuklash - 04
Narx
Terminal — bir martalik xarid. Oʻrnatish, sozlash va xodimlarni yuklash narxga kiradi va oylik toʻlovga qoʻshilmaydi.
bir martalikkelishuv asosida
Yuz — shaxsiy maʼlumot. U mamlakatdan chiqmaydi
Biometrikaga bogʻlangan maʼlumot OʻRQ-547 talabi boʻyicha Oʻzbekiston hududidagi serverda saqlanishi shart. HR-ONE da baza, fayllar va shifrlangan zaxira nusxa shu yerda turadi.
Xodim ishdan boʻshaganda panelda nofaol qilinadi va uning yuzi terminaldan ham oʻchiriladi. Bu bajarilmasa panel qizil ogohlantirish koʻrsatadi.
Davomatdagi har tuzatish — kim, qachon va nima sababdan — oʻchirib boʻlmaydigan jurnalga yoziladi.
FaceID davomat haqida savollar
FaceID terminal internetsiz ishlaydimi?
Terminalni surat bilan aldab boʻladimi?
Bitta terminalga nechta xodim sigʻadi?
Bizda Hikvision terminali bor. Uni ulasa boʻladimi?
Bir soatlik demo — oʻz raqamlaringiz bilan
Korxonangizni koʻramiz: nechta terminal kerak, qaysi tarif toʻgʻri keladi va oʻrnatish qancha vaqt oladi. Demo bepul va majburiyatsiz.